Янгиликлар
22
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berish jadallashtiriladi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkalarini yangi tizim asosida ijaraga berish jadallashtiriladi
“Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining erdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF–68-son, 24.04.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko’ra, 2026-yil 1-maydan respublikaning barcha hududlaridagi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan er uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 fevraldagi PF–18-son Farmonida belgilangan tartibda realizasiya qilinadi, bunda:
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining taklifiga asosan 50 gektardan – 500 gektargacha o’lchamdagi er uchastkalarini faqat sanoat usulidagi plantasiyalar tashkil qilish va chorvachilik uchun er uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini belgilagan holda auksion savdolariga chiqarishga yo’l qo’yiladi;
- auksion savdolariga chiqariladigan er uchastkalarining boshlang’ich narxi er uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi, har bir takroriy savdoda sotilmagan lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang’ich narxning 10 foizi miqdoriga (er uchastkasini auksion savdolariga chiqarish xarajatlaridan kam bo’lmagan miqdoriga) qadar pasaytiriladi;
- birinchi auksion savdosi tegishli er uchastkasi haqidagi xabarnoma e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun muddatda va takroriy savdolar 1 kun muddatda o’tkaziladi.
Yaylovlar, pichanzorlar va lalmi er maydonlari auksion savdolariga chiqarilganda lotning boshlang’ich narxi er uchastkasi normativ qiymatining 1 foizi hamda er uchastkasini auksionga chiqarish, erlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha er tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish xarajatlari hamda ijara huquqini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun to’lov miqdoriga teng summada belgilanadi.
Amudaryo tumani Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Matyusupov