Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda


Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ularning ogʻir hayotiy vaziyatga yoki kambagʻallikka tushib qolishining oldini olish, munosib turmush sharoitini yaratish hamda moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida yangi tizim joriy etilmoqda. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga muvofiq, davlat taʼminotidagi, kambagʻal va ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni aniqlash hamda ularga yagona tartib asosida ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlar taqdim etish tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek, davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mutanosib ravishda belgilanadi. “Teng imkon — inklyuziv bandlik” dasturi orqali 40 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxsning bandligini taʼminlash vazifasi ham belgilangan. 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambagʻal oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritilmoqda. U “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantirilib, davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar va shaxslarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashga xizmat qiladi. Ijtimoiy reyestrda oilalar “davlat taʼminotidagi oila”, “kambagʻal oila” va “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi. Bunda oilaning daromadi, mehnatga layoqatli yoki layoqatsiz aʼzolari mavjudligi kabi mezonlar asos qilib olinadi. Shuningdek, “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalar aʼzolari hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatilganda 50 foiz, “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar aʼzolariga esa 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Ushbu islohotlar aholini manzilli qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish va fuqarolar uchun munosib hayot sharoitini taʼminlashga xizmat qiladi.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari Markazi yetakchi mutaxassisi Ibodullayev Husniddin Xushnud o‘g‘li