Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Qonunchilikdаgi yangiliklаr - Javobgarlik yanada kuchaytiriladi


Qonunchilikdаgi yangiliklаr
Javobgarlik yanada kuchaytiriladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2026- yil 11-iyun kuni OʼRQ-1151-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga tegishli tartibda oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.
Jumladan, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga kiritilgan oʼzgartirishlarga koʼra, bundan buyon giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun gʼayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish, -5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanish belgilandi.
Yana bir muhim oʼzgartirish va qoʼshimchalarga koʼra, endilikda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun Jinoyat kodeksining 276-2-moddasiga asosan bangixona tashkil qilish yoki saqlaganlik uchun -3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish -5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi haqida qattiy norma kiritildi.
Muhim oʼzgartirishlardan yana biri, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni oʼgʼrilik yoki firibgarlik yoʼli bilan qonunga xilof ravishda egallash 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yohud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi belgilandi.
Xulosa oʼrnida aytganda, Jinoyat kodeksiga kiritilgan ushbu oʼzgartirish va qoʼshimchalar tom maьnoda, yurtimizda giyohvandlik vositalari bilan bogʼliq jinoyatlarning barvaqt oldini olishga, shuningdek jamoat xavfsizligi, aholining salomatligini va genofondini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga  xizmat qilishi shubhasiz.

Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl  tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi,
2-darajali adliya maslahatchisi