Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya ko‘magi bilan fuqarolarning foydasiga 60 mln so‘mga yaqin miqdordagi olinmagan ta’til pullari undirib berildi


Adliya ko‘magi bilan fuqarolarning foydasiga 601 mln so‘m miqdoridagi olinmagan ta’til pullari undirib berildi

Xo‘jayli tumani adliya bo‘limiga fuqarolar B.Seydametov, B.Djanabayev, B.Allaniyazov, J.Saparov, A.Ibragimova, T.Kamalov, A.Ibragimovlar tumandagi mahallalarda rais bo‘lib ishlaganligi, biroq O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’til pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati kelib tushdi.
Qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mahallalari uyushmasiga mablag‘ ajratish bo‘yicha xat yuborilganligi ma’lum qilingan, biroq qarzdorlik bartaraf etilmaganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerakligi belgilangan. Hisob-kitob xodimga oxirigacha olinmagan ish haqini, xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha dam olishlar uchun kompensatsiyalarni, agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, Kodeksning 333-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ish  haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lash muddatidan keyingi kundan boshlab haqiqiy hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pullik) kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shartligi belgilangan.
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar B.Seydametov, B.Djanabayev, B.Allaniyazov, J.Saparov, A.Ibragimova, T.Kamalov, A.Ibragimovlarning manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Natijada javobgardan da’vogarlar foydasiga foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun jami 23 318 259 so‘m miqdoridagi qarzdorlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan hisoblangan qarzdorlik uchun har bir kechiktirilgan kunga jami 36 806 196 so‘m miqdoridagi pul kompensatsiyasi undirib berildi.

Arislanbek Ixlasov
Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi boshlig‘i