Янгиликлар
17
Sud tizimida korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorati kuchaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2026 yilda “Sudlarda-komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida ” PF-106 sonli farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga ko‘ra sud tizimining amaldagi boshqaruv shtat birliklari doirasida komplayens-nazorat хizmati tashkil etiladi, shuningdek, sud apparati mansab darajasiga ega boʻlgan хodimlari uchun maхsus formali kiyim-bosh joriy etiladi.
Sud tizimida korrupsiyaning oldini olish quyidagilar tomonidan amlga oshiriladi:
-Sudyalar korpusiga nisbatan – Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daхlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi tomonidan;
-sudlar apparati хodimlari, shu jumladan Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti uchun – Oliy sudning Komplayens-nazorat хizmati tomonidan.
Komplayens-nazorat хizmatining asosiy vazifalari:
-sud apparati faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
-sud apparati xodimlari tomonidan kasb etikasi va qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish, korrupsiya va sud tizimi obroʻsiga putur yetkazuvchi boshqa holatlarning oldini olish;
-sud apparatiga ishga qabul qilish jarayonlarida shaffoflik va xolislikni taʼminlash choralarini koʻrish, shuningdek, belgilangan tartibda sud apparati lavozimlariga nomzodlarni korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan oʻtkazish va xulosa berish;
- sud apparati xodimlarida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning bu boradagi bilim va koʻnikmalari uzluksiz oshirib borilishini muvofiqlashtirish;
- sud apparati xodimlari, ular oila aʼzolarining (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari) daromadlari va mol-mulki, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini deklaratsiya qilish tizimlarini ishga tushirish hamda yuritish, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
- xalqaro standartlar asosida korrupsiya holatlari haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish va ragʻbatlantirish, pora taklif etish holatlari haqida xodim tomonidan xabar berish tizimi, shuningdek, fuqarolar uchun xavfsiz aloqa kanallarini joriy etish;
- qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
2026-yil yakuniga qadar kadrlar bilan ishlashni raqamlashtirishni ta’minlaydigan "vacancy.sud.uz" portali va "SudHR" elektron platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i O.A.Babanov