Янгиликлар
10
Bir murojaat izidan
Taxiatosh tumani adliya bo‘limiga fuqaro M.SH.A tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishda mehnat qonunchiligida belgilangan imtiyozlardan foydalangan holda bepul o‘tishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan arizasi o‘rganildi.Aniqlanishicha, fuqaro M.SH.A maktabgacha ta’lim tashkilotida yordamchi tarbiyachi lavozimida ishlashi tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddat tugagani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 359-modddasida ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasida huquq va majburiyatlarida dastlabki (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etishi ish beruvchining huquq va majburiyatlaridan biri etib ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 360-modddasida ish beruvchi quyidagilarni dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etishi shart:oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarni;umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni;nogironligi boʻlgan shaxslarni;mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport vositalarining harakati bilan bogʻliq ishlarda band boʻlganlarni;oziq-ovqat sanoatida, savdoda va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlarda ish bilan band boʻlganlarni;umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan band boʻlgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini.
Majburiy tibbiy koʻriklarni oʻtkazish majburiyati qonunchilikka muvofiq majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shaxslar boshqa ishga oʻtkazilgan taqdirda ham ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Xodimlar majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtishi munosabati bilan chiqimdor boʻlmaydi deb ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan o‘rganildi, va xodimning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda mehnat qonunchiligida berilgan imtiyozlarga rioya qilgan holda o‘tkazish yuzasidan taqdimnoma chiqarildi va xodimning murojaat arizasi qonaatlantirildi.
Fuqaro M.Sh.A murojaati ijobiy hal qilindi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish makazi boshlig‘i A.Babanov