Янгиликлар
11
Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish tartibini bilasizmi?
Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish tartibini bilasizmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 612-son qaroriga asos turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);
maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi. Davlat xizmatini koʻrsatish muddati real vaqt rejimida.
Xoʻjayli tumani Adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi bosh
mutaxassisi A.Bauatdinov