Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat ta’tillari va ularni berish tartibi


         Mehnat ta’tili xodimlarning dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va mehnat qobiliyatini saqlab qolishi uchun beriladigan qonuniy kafolatlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, har bir xodim haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
    Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarga har yilgi mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga uzaytirilgan yoki qo‘shimcha ta’tillar berilishi mumkin.
    Har yilgi mehnat ta’tili uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi. Ta’til davri uchun to‘lov xodimga ta’til boshlanishidan oldin to‘lanishi lozim.
    Ta’tillar odatda ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ta’tillar jadvaliga muvofiq beriladi. Xodim va ish beruvchining kelishuviga ko‘ra ta’til boshqa muddatga ko‘chirilishi yoki qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ta’tilning kamida bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.
    Xodimning roziligisiz uni mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi xodimning xohishiga ko‘ra boshqa muddatda beriladi yoki keyingi ish yilidagi ta’tilga qo‘shiladi.
    Mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda xodim foydalanmagan barcha mehnat ta’tillari uchun pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega.
    Xulosa qilib aytganda, mehnat ta’tili xodimlarning dam olish va mehnat qobiliyatini tiklashga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy kafolat bo‘lib, uni berish va undan foydalanish tartibi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.


        Beruniy tumani adliya bo‘limi
        Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                          G.Botirova