Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Amaldagi normalar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ktlari manfaatlariga moslashtirilmoqda


Joriy yilning 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1117-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy yoki ma'muriy sohalardagi islohotlarni tizimli davom ettirish hamda amaldagi normalarni zamon talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qonun doirasida bir qator kodekslar va amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Asosiy urg‘u quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
- Huquqiy munosabatlarni raqamlashtirish: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ijro nazoratini olib borishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish.
- Ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish: Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, hujjat almashinuvini engillashtirish.
- Mas’uliyat va nazorat: Belgilangan sohalarda qonun ustuvorligini ta‘minlash maqsadida javobgarlik choralarini aniqlashtirish va davlat organlarining hisobdorligini oshirish.
Mazkur hujjatning qabul qilinishi:
- Qonunchilikdagi ichki qarama-qarshiliklar va bo‘shliqlarni bartaraf etadi;
- Huquqni qo‘llash amaliyotining yagonaligini ta‘minlaydi;
- Investitsiya muhitini yaxshilash va fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonun bilan amaldagi qonun hujjatlari va kodekslariga er munosabatlari, tadbirkorlik faoliyati hamda aholi bandligini tartibga solishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
- O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori (Soliq tizimi)
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan ijtimoiy soliqning eng kam miqdori BHMning kamida 1 baravari etib belgilandi.
Maqsad: Ushbu to‘langan summa kelajakda pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish staji va ish haqi miqdorini aniqroq belgilashga xizmat qiladi.
- Litsenziya va ruxsatnomalarni to‘xtatib turish muddatlari (Iqtisodiy sud tizimi)
Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun berilgan litsenziya yoki ruxsatnomalarning amal qilish muddati sud tomonidan 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan (olti oydan) ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkinligi aniq belgilab qo‘yildi.
- O‘rmon fondi erlarini ijaraga berish (Er munosabatlari)
Davlat o‘rmon xo‘jaligi organlariga o‘rmon fondining foydalanilmayotgan erlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auktsion orqali ijara huquqi asosida berish vakolati taqdim etildi.
Maqsad: Er resurslarini taqsimlash jarayonining shaffofligini oshirish va tadbirkorlarning ushbu erlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
- Yig‘imlarni tartibga solish (Vakolatlar chegarasi)
Soliq kodeksining 17-moddasiga kiritilgan tuzatish orqali davlat organlarining vakolatlari aniq chegaralab qo‘yildi:
Yig‘imlarni joriy etish (kiritish) tartibi faqat Qonunlar bilan belgilanadi.
Ularni hisoblash va to‘lash tartibi esa Soliq kodeksi hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Intellektual mulk huquqlarini
himoya qilish sho‘basi boshlig‘i                R.M.Dushanov