Янгиликлар
01
Adliya ko‘magi bilan fuqaroning huquqlari tiklandi
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limiga, Qo‘ng‘irot tumani “Turan” MFYda yashovchi Berdishov Maulenbergen Reimovichning nomidagi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda, Qo‘ng‘irot tumani hokimining 1989 yil 15 fevral kungi №37/3- sonli qarorining arxiv ma’lumotida Berdishov Maulenbergen familiyasi Berdimov Maulenbergen bo‘lib xato yo‘zilganligini va ushbu muammoni yechishda amaliy yordam so‘ragan murojaati o‘rganib chiqildi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman adliya boʻlim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8 yanvardagi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘RQ-457-son Qonunining 56-moddasiga asosan tuman hokimligiga hokimning 1989 yil 15 fevral kungi №37/3-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritishga taqdimnoma kiritildi.
Natijada tuman hokimining 1989 yil 15 fevral kungi №37/3-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritilib, fuqaroning 2 oydan beri hal etilmay kelgan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan ijobiy hal etildi.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi B.A.Sharipov