Янгиликлар
18
Adliya aralashuvi bilan fuqaro ishga qabul qilinishi ta’minlandi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumani, Bo‘zatov posyolka fuqarolar yig‘ini, Alisher Navoiy ko‘chasi 5-uyda yashovchi fuqaro Allanazarova Nazlimxon Daniyar qizining "Barkamol avlod" bolalar maktabi (hozirgi "Kelajak markazi") tomonidan vaqtinchalik ishga qabul qilishda to‘siq bo‘layotganligidan norozi bo‘lib" yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro A.Allanazarova bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘rtasida 2025 yil 6 sentyabr kuni tuzilgan 30-sonli mehnat shartnomasi, shu asosda 2025 yil 6 sentyabr kuni qabul qilingan 46-sonli buyrug‘iga asosan "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Ekologiya va o‘lkashunoslik" yo‘nalishi metodisti lavozimiga asosiy xodim G.Ajiniyazova bola parvarishi ta’tilidan kelguniga qadar ishga qabul qilingan.
Ya’ni, fuqaro N.Allanazarova bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi asosiy xodim G.Ajiniyazova bola parvarishi ta’tilidan o‘z ishiga kirishganligi munosabati bilan bekor qilingan.
Bu bo‘yicha, Bo‘zatov tumani "Kelajak markazi" direktorining 27.01.2026 yilda 8-sonli buyrug‘i qabul qilingan.
Shuningdek, asosiy xodim G.Ajiniyazova ishga kirganidan keyin uning farzandiga qarash uchun oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmaganligi sababli bola parvarishi ta’tili uning roziligi asosida uzaytirilgan.
Biroq, N.Allanazarova avval vaqtincha ishlagan lavozimida ish faoliyatini davom ettirishni so‘rab "Kelajak markazi"ga og‘zaki murojaat yuborilganda bu lavozimga ishga qabul qilishda aniq sabab ko‘rsatmasdan, to‘sqinliklar bo‘layotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatda, Mehnat kodeksining 119-moddasi talablari bo‘zilayotganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman “Kelajak markazi” direktori nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro N.Allanazarova bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qambul qilinishi ta’minlandi va fuqaroning buzilayotgan huquqi himoya qilindi.
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i K.Paluaniyazov