Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xodimning mehnat huquqi himoya qilindi


      Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumani, Bo‘zatov fuqarolar yig‘ini, A.Temur ko‘chasi 26-uyda yashovchi fuqaro Palibekova Kalzira Mirbekovnaning "Bo‘zatov tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2025 yil davomida 10 foiz miqdoridagi ustama puli to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib" yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
     Aniqlanishicha, fuqaro K.Palibekova 2025 yil 12 dekabr kuniga qadar Bo‘zatov tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi (hozirgi "Kelajak markazi") direktori lavozimida ishlab kelgan.
     Ya’ni, K.Palibekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025 yil 12 dekabrdagi 766-k sonli buyrug‘i bilan bekor qilinib, egallab kelgan.  Bo‘zatov tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi (hozirgi "Kelajak markazi") direktori lavozimidan ozod etilgan.
      Lekin,  fuqaro K.Palibekova bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan paytda u bilan oxirgi hisob-kitob qilishda unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 maydagi 331-son qaroriga asosan to‘lab berilishi lozim bo‘lgan ustama puli 2025 yil davomida to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
      Tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro K.Palibekovaga  3,0 mln.so‘mdan ortiq ustama puli to‘lab berilishi ta’minlanib, fuqaroning buzilgan huquqi himoya qilindi.          

    Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i                 K.Paluaniyazov