Янгиликлар
11
Adliya aralashuvi bilan asossiz shtat birligi qisqartirilayotgan xodimning huquqi himoya qilindi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 28-son oilaviy poliklinikada patronaj hamshira lavozimida ishlovchi G.Kalmuratovaning “Bo‘zatov tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan shtat birligi qisqartirilayotganligidan norozi bo‘lib” yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida, haqiqatdan ham fuqaro G.Kalmuratovaning ishlab kelayotgan patronaj hamshirasi lavozim shtat birligini qisqartirish bo‘yicha unga ikki oylik muddat bilan yozma ravishda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ogohlantirish xati berilganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan xodimning shtat birligi qisqartirilishiga asos bo‘lgan hujjatlar o‘rganilib chiqilib, fuqaro K.Kalmuratovaning shtat birligini qisqartirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 167-moddasi 1 va 2-qismi talablari rioya etilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman birlashmasi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro G.Kalmuratovaning shtat birligi qisqartirilishi oldi olinib, fuqaroning huquqi himoya qilindi.
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i K.Paluaniyazov