Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Soliq imtiyozi qo‘llanilishi ta’minlandi


        Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumani, Erkindaryo OFYda yashovchi fuqaro Q.Aytimbetov “Bo‘zatov tumani soliq inspekisyasi tomonidan o‘g‘li oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotganligi sababli ushbu muassasa hisob raqamiga o‘z hisobidan to‘lagan kontrakt to‘lovi bo‘yicha soliq qonunchiligiga ko‘ra imtiyoz qo‘llanilmaganligidan norozi bo‘lib” tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.
    Murojaatni o‘rganish jarayonida, haqiqatda tuman soliq inspeksiyasining mas’ul xodimi tomonidan fuqaro Q.Aytimbetovning og‘zaki murojaatini ko‘rib chiqmasdan, e’tiborsiz munosabatda bo‘lib tegishli soliq imtiyozi qo‘llanilmayotganligi ya’ni o‘g‘lining kontrakti uchun to‘langan 8,0 mln.so‘mning 12 foizi qaytarib berilmayotganligi aniqlandi.
    Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan, fuqaro Q.Aytimbetovning huquq va manfaatlarini ko‘zlab, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i nomiga kiritilgan taqdimnoma natijasida fuqaro Q.Aytimbetovga soliq imtiyozi qo‘llanilib, 12 foiz daromad solig‘i puli to‘lab beprilishi ta’minlandi va fuqaroning bo‘zilayotgan huquqi himoya qilindi.          

    Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i                 K.Paluaniyazov