Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish tartibi yo‘lga qo‘yildi


Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish tartibi yo‘lga qo‘yildi

    Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-son qarori bilan Transport vositalarini boshqarish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan bo’lib, Ushbu Nizom fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida transport vositalarini boshqarish hamda ulardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish, shuningdek, ushbu shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
2026-yil 1-apreldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali xabardor qilish imkoniyati yaratildi. Xabardor qilish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
sodir etilgan qoidabuzarlik bevosita yoʻl-patrul xizmati inspektori tomonidan aniqlanib, elektron yoki qogʻoz shaklidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan holatlarda;
tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan harakatlanib kelayotgan transport vositalari haydovchilariga.
    Boshqarish huquqini olgan shaxs toʻgʻrisida vakolatli organ YIDXP yoki mobil ilova orqali xabardor qilinadi. Xabardor qilish xizmatidan foydalanish uchun transport vositasining egasi YIDXP yoki mobil ilovada shaxsiy kabinet ochgan holda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi va unda boshqarish huquqini berish muddatini koʻrsatib oʻtadi. Soʻrovnomaga transport vositasini boshqarish uchun asos boʻlgan hujjatlarning elektron nusxalari ilova qilinadi. Ishonchnoma bir nechta shaxslarga berilgan boʻlsa, soʻrovnomaga ular orasidan transport vositasini doimiy boshqaradigan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan shaxsning F.I.O., JSHSHIR va transport vositasini boshqarishga doir hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Boshqarish huquqini olgan shaxs maʼlumotlarni koʻrib chiqib, soʻrovnomada koʻrsatilgan transport vositasida foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarligi boʻyicha javobgarlikni oʻz zimmasiga olishini qaysi tizimdan soʻrov yuborilgan boʻlsa, aynan oʻsha tizim orqali tasdiqlaydi yoki tasdiqlashni rad etadi. Bunda boshqarish huquqini olgan shaxs soʻrovnomani tasdiqlash orqali kelgusida unga nisbatan jarima solish toʻgʻrisida qaror rasmiylashtirilib borilishiga roziligini elektron raqamli imzo yoki “Mobile-ID” yoxud “Face-ID” orqali tasdiqlaydi. Xabardor qilish xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkilotlari, shuningdek, yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bevosita oʻzlarining xodimlariga (haydovchilariga) transport vositalarini boshqarish huquqini berganda, vakolatli organni xabardor qilish uchun toʻlov undirilmaydi. Xabardor qilish xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi. Transport vositasining egasi yoki boshqarish huquqini olgan shaxs “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida roʻyxatga olinganda, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlganda, belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.


Ellikqal’a tuman Adliya bo‘limi
DXM bo‘lim boshlig‘i Jabbarov Anvar Jumabayevich