Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Davlat xizmatlari — xalq manfaatlari yo‘lida


Davlat xizmatlari — xalq manfaatlari yo‘lida

Bugungi kunda mamlakatimizda aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning vaqt va mablag‘ini tejash maqsadida davlat xizmatlari tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatining kengayib borayotgani xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Beruniy tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan ham aholiga tezkor, shaffof va sifatli xizmat ko‘rsatish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Markaz orqali fuqarolar tug‘ilganlikni qayd etish, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr, notarial, arxiv va boshqa ko‘plab davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalanmoqda.
Ayniqsa, elektron davlat xizmatlarining joriy etilishi aholi uchun katta yengillik bo‘ldi. Endi ko‘plab xizmatlar uydan chiqmagan holda onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Bu esa navbatlarni qisqartirish, inson omilini kamaytirish hamda korrupsiyaning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, markaz xodimlari tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil qilinib, fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilmoqda.
Davlat xizmatlari tizimini yanada rivojlantirish, xalq roziligini ta’minlash va inson qadrini ulug‘lash borasidagi ishlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi.


Sh.R.Tureyev
Beruni tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari
markazi katta mutaxassisi