Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar endi naqdsiz shaklda notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi


Ko‘chmas mulk va transportlar oldi-sotdisida hisob-kitoblar endi naqdsiz shaklda notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi

Prezidentning 2025 - yil 10 - dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoniga asosan, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash hamda bitimlarni rasmiylashtirish jarayonida axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida:
Adliya vazirligi Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni (ro‘yxat raqami: 3790, 16.03.2026 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
2026 - yil 1- apreldan ko‘chmas mulk ob’ektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashish yo‘li bilan aniqlanadi.
Unga ko‘ra, endilikda notariuslar ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlashni taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiradi.
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi;
Bank tomonidan taraflar o‘rtasida shartnoma bo‘yicha kelishilgan pul mablag‘lari naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvarag‘iga kirim qilinadi;
Shartnoma to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, tegishli eskrou hisobvarag‘iga taraflar o‘rtasida kelishilgan (boshlang‘ich) pul mablag‘lari kirim qilinadi;
Shartnoma to‘liq yoki qisman kredit mablag‘lari asosida amalga oshirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma’lumot yuboriladi;
Xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olinguncha, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilishi mumkin;
Taraflar oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi;
Notarius eskrou hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjudligini elektron shaklda tekshirib oladi hamda shartnomani tasdiqlaydi;
Pul mablag‘lari sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar ularning so‘roviga ko‘ra naqd shaklda taqdim etiladi.

Faxriddin Rustamovich Abdalov,
Beruniy tuman adliya bo'limi davlat xizmatlar markazi
bosh mutaxassisi, ll-darajali yurist