Янгиликлар
20
Konstitutsiya – oila, bolalar va yoshlar
Konstitutsiya – oila, bolalar va yoshlar
Oila – jamiyatning tayanchi, yoshlar esa uning kelajagidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ushbu qadriyatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlab, ularni davlat himoyasiga oladi.
Konstitutsiyamizning 76-moddasiga ko‘ra, Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.." Bu norma oilaning barqarorligini ta’minlash, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
78-moddada esa davlatning bolalar huquqlarini kafolatlashi belgilangan: "Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir” Bu esa har bir bolaga ta’lim, salomatlik va ijtimoiy himoya huquqini beradi.
Shuningdek, 79-moddada "Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.", deb qayd etilgan. Bu esa ta’lim, bandlik va ijtimoiy faoliyatda yoshlarga keng imkoniyatlar ochadi.
Konstitutsiya – oila, bola va yoshlarning huquqlarini himoya qiluvchi eng muhim hujjatdir. Ularning farovonligi esa jamiyat taraqqiyotining garovidir.
Beruniy tumani adliya bo`limi
Davlat xizmatlari markazi
yetakchi mutaxasisi J.Jumabayev