Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra nikohdan ajratishni qayd etish tartibi qanday?


    Voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinlarni ularning o‘zaro roziligiga ko‘ra nikohdan ajratishni qayd etish tartibi qanday?

      O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son
“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 218-moddalariga muvofiq FHDY organi mulkiy nizolari hamda voyaga yetmagan farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlari) bo‘lmagan er-xotinlardan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qiladi. Agar xotin homilador bo‘lsa nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etiladi.
FHDY organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay bu haqida er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Alohida yashovchi er-xotinni nikohdan ajratishni qayd etish ularning birgalikda bergan arizalariga asosan FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar er-xotindan biri nikohdan ajralish to‘g‘risidagi arizani berish uchun FHDY organiga kela olmasa, u holda er-xotin nomidan birgalikda yozilgan arizani ulardan biri topshirishi mumkin. Kela olmagan er yoki xotinning arizadagi imzosi notarial tartibda yoki FHDY organi mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Arizada er-xotin ajralishga o‘zaro rozi ekanliklari, voyaga yetmagan bolalari yo‘qligi, shuningdek ulardan biri nikohdan ajratish qayd etilishi belgilangan kunda FHDY organiga kela olmasa, nikohdan ajratishning uning ishtirokisiz qayd etilishiga roziligi tasdiqlanadi.
Bunda FHDY organlari tegishli organlardan voyaga yetmagan farzandlari yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rashi mumkin.
Agar nikohdan ajralishga er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgani holda umumiy mulk haqida yoki mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning ta’minoti haqida nizolar bo‘lsa, u holda nikohdan ajratish sud tartibida hal etiladi.
Er yoki xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishi to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajratish haqidagi arizasida ko‘rsatilishi kerak.
Nikohdan ajratish qayd etilgandan so‘ng nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga uning tugatilganligi haqida belgi qo‘yiladi va u arizachilarga qaytariladi.
Nikohdan ajratishni qayd etishda, er va xotinning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, ularning biridan yoki ikkalasidan belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Er yoki xotindan birining ishtirokida nikohdan ajratishni qayd etishda davlat boji to‘liq miqdorda undiriladi.


Qo`ng`irot tumani adliya bo`limi 2-sonli FHDY bo`limi
mudirasi Allashukirova Ayimjan