Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada qanday normalar ko'zda tutilgan?


Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada qanday normalar ko'zda tutilgan?

Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya (1989 yil, BMT) bolaning huquqiy maqomini belgilab beruvchi eng muhim xalqaro hujjat hisoblanadi. Unda bolaning jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishi lozim bo'lgan asosiy huquq va erkinliklari kompleks tarzda mustahkamlangan.
Konvensiyada, avvalo, bolaning hayotga bo'lgan huquqi, yashashi va sog'lom rivojlanishi kafolatlanadi. Barcha bolalar irqi, jinsi, tili, dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishi yoki ota-onasining maqomidan qat'i nazar, kamsitishsiz huquqlarga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, bolaning oilada tarbiyalanish huquqi, ota-onasini bilish va ularning g'amxo'rligida bo'lish huquqi, o'z fikrini erkin bildirish hamda uning manfaatlari birinchi o'ringa qo'yilishi tamoyili nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Konvensiyada bolaning ta'lim olish huquqi, sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish huquqi, zo'ravonlik, ekspluatatsiya, qiynoq va shafqatsiz muomaladan himoya qilinishi, iqtisodiy va jinsiy ekspluatatsiyaga qarshi kafolatlar belgilangan.
Shuningdek, qonun buzgan bolalarga nisbatan insonparvar, tarbiyaviy yo'naltirilgan odil sudlov tizimini qo'llash, bolaning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish talablari ham Konvensiya normalarida o'z ifodasini topgan.

Q o'ng'irot tumani adliya bolimi
Yuridik xizmat k o'rsatish markazi
boshyuriskonsulti  M.K.Seytbayeva