Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Aholiga gaz ballonlarini yetkazib berish yanada soddalashtirildi


Aholiga gaz ballonlarini yetkazib berish yanada soddalashtirildi

Hukumat qarori (180-son, 17.04.2026 y.) bilan “Turar joy xonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan ta'minlashda davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli operator tomonidan ko‘rsatiladi.
Maishiy gaz balloni tabiiy gaz bilan gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi jismoniy shaxslarga  beriladi.
Vakolatli operator ariza kelib tushgan kuni ma'lumotlarni “E-gaz” dasturida shakllantiradi.
1 ish kunida so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma'lumotlarni tekshiradi.
3 ish kunida ariza beruvchini maishiy gaz balloni bilan ta'minlash masalasi joyiga chiqib o‘rganiladi. Bunda o‘rganish yakunlari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada keltirilgan xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi bilan “Maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish to‘g'risida” va “Suyultirilgan uglevodorod gazini etkazib berish to‘g'risida”gi shartnomalar 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Shartnomalar asosida ariza beruvchi “Face ID” tizimi orqali suyultirilgan uglevodorod gazini etkazib berish uchun tegishli hisobvaraq bilan ta'minlanadi hamda unga 1 dona maishiy gaz balloni 12 ish kunida bepul etkazib beriladi.

Shumanay tumani adliya bo‘limi DXM bo‘lim boshlig'i A.T.Orazbaev