Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Savol bering javob beramiz


Oʻzbekiston Respublikasining  20.10.2020 yildagi "Aholi bandligi toʻgʻrisida"  O‘RQ-642-son qonuniga muvofiq davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota yoki ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs), shuningdek koʻp bolali oilalardagi ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar);
- umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kollejlarni hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar;
- “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
- nogironligi boʻlgan shaxslar;
- pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar;
- odam savdosidan jabrlanganlar;
- oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar;
- qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qoʻshimcha kafolatlar qoʻshimcha ish oʻrinlarini, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanish asosidagi tashkilotlarni tashkil etish, oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish, tashkilotlarga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash yoʻli bilan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar orqali taʼminlanadi.

Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi                                           B.Otepov