Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

“Kadir” fermer xo‘jaligi: soliq imtiyozlari bilan qo‘llab-quvvatlash ishlari amalda…


“Kadir” fermer xo‘jaligi: soliq imtiyozlari bilan qo‘llab-quvvatlash ishlari amalda…

“Kadir” fermer xo‘jaligi rahbari B.Napisovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo‘llabquvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5017-sonli qarorida belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati Vazirlik tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, “Kadir” fermer xo‘jaligi tomonidan my3.soliq.uz sayti orqali joriy yilning 12 va 20-yanvar kunlarida yuqorida keltirilgan qaroriga asosan suv solig‘iga imtiyoz qo‘llash to‘g‘risida arizalar yo‘llangan, lekin tegishli ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilmaganligi, ya’ni “ishlatilgan suv hajmini ko‘rsatmaganligi va imtiyoz davri” to‘g‘ri ko‘rsatilmaganligi sababli rad etilgan.
Shuningdek, fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilning 13-fevral kuni takroriy ariza berilgan, natijada joriy yilning 20-fevral kuni “faoliyat turi nalschilik bo‘lmaganligi” sababli imtiyozni qo‘llash rad qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-34-sonli qarorining 2-bandi g-kichik bandida naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), molmulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni
50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini 2028-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilganligi belgilangan.
“Kadir” fermer xo‘jaligi ustaviga ko‘ra xo‘jalik faoliyatii chorvachilikka ixtisoslashgan hamda xo‘jalikka 22.06.2022-yildan 22.06.2027-yilgacha amal qiluvchi naslchilik xo‘jaligi maqomini tasdiqlovchi guvohnoma berilgan.
Bundan tashqari, statistika organlari ma’lumotlariga ko‘ra, (stat.uz saytida) ushbu fermer xo‘jaligi amalga oshirayotgan faoliyat turi sifatida “Yirik shoxli qoramollarning boshqa zotlari va buyvollarni ko‘paytirish” ekanligi keltirilgan (hujjatlar ilova qilinadi).
Lekin, soliq organi tomonidan xo‘jalikning imtiyoz qo‘llash to‘g‘risidagi arizasi “faoliyat turi naslchilik emas” degan vaj bilan rad etilgan.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, vazirlik tomonidan “Kadir” fermer xo‘jaligining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-34-sonli qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini (asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada qo‘llash) qo‘llash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritildi hamda fermer xo‘jaligiga nisbatan 13 million so‘mlik suv solig‘iga imtiyozi qo‘llanildi.
Ushbu holat “Kadir” fermer xo‘jaligi misolida shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan yaratilgan soliq imtiyozlari tizimi tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish va chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va
metodik ta’minlash sho‘basi boshlig‘i  A.Abdikadirova