Янгиликлар
31
Adliyada “Yoshlarga oid davlat siyosati oyligi”
Adliyada “Yoshlarga oid davlat siyosati oyligi”
Davlatimizda yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, bu davlat siyosati darajasiga allaqachon ko‘tarilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 2016-yil 14-sentyabrdagi Qonuni qabul qilinganligi, shuningdek, har yili davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha qaror va farmonlar qabul qilinayotgani bejiz emas.
Mana shunday yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yurtimizdagi
22 milliondan ziyod yoshlarimiz ulkan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchga aylandi.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat deb e’tirof etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida ham bugungi kunda jami 80 dan ortiq yosh xodim faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 3 nafar xodim rahbarlik lavozimlarida ishlab kelayotgan bo‘lsa, vazirlikda 68 nafar boshqaruv va 20 nafar texnik yosh xodim faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirligimizda ham yoshlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilayotgani bois birgina 2024-yilda 10 ga yaqin yosh xodimimiz “Oyning eng yaxshi xodimi” sifatida taqdirlandi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida mart oyi “Yoshlar oyi” tariqasida bo‘lib o‘tdi.
Xususan, joriy yilning 5-mart sanasida vazir E.Tursunov rahbarligida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda vazir yoshlarning muammolari, murojaat va takliflarini tingladi hamda ular bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar hamda ta’lim muassasalari talabalari o‘z muammolari va takliflarini bildirdi.
Shu kabi, “Yoshlar kuni” doirasidagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari 12-martda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialida hamda 19-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talaba-yoshlar bilan o‘tkazildi.
Bundan tashqari, 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Nukus shahridagi “Do‘stlik” istirohat bog‘ida xalqimiz o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy sohadagi “Adliya sayli”, shu jumladan, “Yoshlar sayli” huquqiy targ‘ibot va ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
“Yoshlar sayli”nda harbiy chiqishlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning avtotransport va xizmat qurollari ko‘rgazmasi, sport tadbirlari ham tashkillashtirildi. Albatta, bunday tadbirlar birinchi navbatda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Mazkur tadbir davomida “Tengdoshimga huquqiy yordam”, “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” va “Mamlakatimiz kelajagi - qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" g`oyasi asosida ham tadbirlar ham o‘tkazildi.
Bundan tashqari, markur oy davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan ham joylarda “Yoshlar kuni”da yoshlarga oid huquqiy tadbirlar amalga oshirilib kelindi.
Jumladan, Ellikqal’a, Kegeyli, Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi rahbalari joylarda ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Shuningdek, barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan muntazam turda “Tengdoshimga huquqiy yordam” aksiyasi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Yuqoridagilar tashqari, bugungi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi doirasida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Qonunchilik sho‘basi bosh maslahatchisi,
shuningdek, vazirlikning “Yoshlar yetakchisi” T.Maxamatdinov