Янгиликлар
31
Manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olish choralari
Manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olish choralari
Manfaatlar to‘qnashuvi — murakkab va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, xalqaro huquqiy hujjatlar, xorijiy va milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etiladi. U asosan davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda yuzaga keladi.
2024-yil 5-iyun kuni Prezident tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. Ushbu qonun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy asosda tartibga solishga qaratilgan.
Bu tushunchani to‘liq anglash uchun uning turli ko‘rinishlarini tahlil qilish muhim. Manfaatlar to‘qnashuvi urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, nepotizm, shafelik, kronizm va favoritizm kabi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Milliy qonunchilikda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar davlat xizmatida professional va adolatli mutaxassislar korpusini shakllantirishga, shuningdek korrupsiya va suiiste’mol holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Bu jarayon davlat xizmatchilari faoliyatida huquq, majburiyat va cheklovlarning yagona tizimini yaratish zaruratini ham taqozo etadi.
Amudaryo tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
katta mutaxassisi
A.Tursunboyev