Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Qonuchilikdagi yangiliklar


Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoniga asosan, Adliya vazirligi Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami: 3790, 16.03.2026 y.)iga asosan, 2026-yil 1-apreldan ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10-yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nizomga ko‘ra, endilikda notariuslar ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlashni taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiradi.
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi;
bank tomonidan taraflar o‘rtasida shartnoma bo‘yicha kelishilgan pul mablag‘lari naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvarag‘iga kirim qilinadi;
shartnoma to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, tegishli eskrou hisobvarag‘iga taraflar o‘rtasida kelishilgan (boshlang‘ich) pul mablag‘lari kirim qilinadi;
shartnoma to‘liq yoki qisman kredit mablag‘lari asosida amalga oshirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma’lumot yuboriladi;
xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olinguncha, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilishi mumkin;
taraflar oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi;
notarius eskrou hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjudligini elektron shaklda tekshirib oladi hamda shartnomani tasdiqlaydi;
pul mablag‘lari sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi yoki hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar ularning so‘roviga ko‘ra naqd shaklda taqdim etiladi.


Vazirlikning notariat, advokatura
va mediatsiya sho‘basi yetakchi maslahatchisi        N.Jumaniyazova