Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  03.03.2026 yildagi "Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida"gi PF-33-sonli Farmoni bilan xotin-qizlar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilandi.
Asosiy maqsadlar:
• nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining oldini olish (erta nikohlar), ota-onalarning voyaga etmagan farzandlari uchun mas’uliyatini yanada oshirish;
• moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo‘lgan yoshlar o‘rtasida nikoh tuzishni rag'batlantirish;
• xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularni keskin kamaytirish, shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish;
• oila va xotin-qizlar markazlari huzuridagi "Oilaviy zo‘ravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash" maxsus kurslarida nikohlanuvchilarni bepul o‘qitish qamrov darajasini 2026 yilda 50 foizga, 2027 yilda 60 foizga va 2030 yilda 100 foizga etkazish hamda ushbu kurslarning sifati va samaradorligini tubdan oshirish.
2027 yildan boshlab har ikkala tomon ham 21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.
Mazkur oilalar Ijtimoiy reestrga kiritilganda oila a'zolarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish, daromadlarini ko‘paytirish yoki og'ir turmush sharoitidan chiqish uchun beriladigan moliyaviy yordam (subsidiyalar, ssudalar, grantlar) belgilangan miqdorlarga nisbatan 1,5 baravarga oshirilgan miqdorda beriladi.
Bundan tashqari, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchi shaxslarga nisbatan nikohni qayd etganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tartibi qo‘llaniladi.
Voyaga etmaganlar bilan nikoh tuzishga da'vat etganlik (tushuntirganlik), shuningdek bunday nikohlarni targ'ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab nikoh yoshi to‘g'risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarima summasining 15 foizi bunday faktlar haqida xabar bergan shaxslarni rag'batlantirishga yo‘naltiriladi.
2026 yil 1 apreldan boshlab himoya orderi olgan jabrlangan xotin-qizlarning aloqa vositalari (telefon, planshet va boshqa qurilmalari)ga ularning roziligi bilan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "my.ihma.uz" mobil ilovasi ("SOS" chaqiruvi) o‘rnatiladi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish va ko‘rib chiqish, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi                                                   B.Otepov