Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Kompazit xizmatlarining ahamiyati


Kompazit xizmatlarining ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida o‘limni qayd qilish bo‘yicha quyidagilardan iborat kompozit xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qoyildi.Tibbiyot muassasasi xodimi vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirib, “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) organiga yuboradi. Bunda, vafot etganlik to‘g‘risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga qog‘oz shaklida berilishi va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri FHDY organiga murojaat qilishi ham mumkin. FHDY organi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng bir ish kuni mobaynida shaxsning o‘limini “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qayd qilib, QR-kod orqali tasdiqlaydi. FHDY organi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga vafot etganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi.O‘limni qayd etish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi,o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma o‘lim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli vazirlik va idoralarda davlat xizmatini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan bir oy muddatda o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish vakolatiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy reabilitatsiya markazlari, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari) zarur kompyuter texnikalari bilan jihozlanishini, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i hamda “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini ta’minlangan.Hozirgi kunda tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani olish, bolani ota yoki onasining doimiy yashash joyiga va poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish hamda MTMga navbatga qo‘yish xizmatlari bitta ariza bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda, tug‘ruqxonadan bola tug‘ilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, FHDYo bo‘limida bola tug‘ilganligini qayd qilish, bolani otasi yoki onasining doimiy yashash manziliga ro‘yxatga qo‘yish, farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish, poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish va bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish kabi harakatlar elektron ravishdabirvaqtdaamalgaoshiriladi.
Ushbu davlat xizmatidan foydalanish uchun birgina FHDYo bo‘limiga murojaat qilishning o‘zi kifoya. Mazkur davlat xizmatlarining kompozit tarzda ko‘rsatilishi fuqarolar tomonidan ortiqcha hujjat to‘plash, davlat idoralari o‘rtasida sarson bo‘lib, eshikma-eshik yurishlariga barham berdi.
Natijada, ushbu davlat xizmatlaridan foydalanish orqali iqtisod qilingan vaqt va mablag‘lar farzandlarini bekamu-ko‘st ulg‘aytirishga, ularga ta’lim-tarbiya berishga zamin hozirlaydi.

To`rtko`l tumani Adliya Bo`limi
Fhdy bo`limi 2-toifali inspektori
Saparova Aziza Jamg`irbayevna