Янгиликлар
24
Nikoh shartnomasining afzalliklari
Nikoh shartnomasining afzalliklari
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo`lgan davrida va yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuv nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro`yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat ro`yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro`yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Nikoh shartnomasining mazmuni quyidagicha er va xotin nikoh shartnomasiga ko`ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibda o`zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o`rnatishga haqlidir.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo`lg`usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Nikoh shartnomasining asosiy afzalliklari:
- Mulkiy huquqlarni aniq belgilash er-xotinning umumiy mol-mulkidan tashqari, shaxsiy muliklarini aniq ajratib ko`rsatish imkonini beradi.
- Ajrashishda nizolarni oldini olish: Nikohdan ajralish jaroyoninda mulkni bo`lish boyicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan uzoq davom etadigan sud ishlarini va mojaralar kamayadi.
- Kreditorlardan himoya: Er yoki xotinning shaxsiy qarzlari uchun ikkinchi tamonning mol-mulkiga daxil qilishning oldini oladi.
- Mulkiy munosabatlarni tartibga solish: Oilaviy byudjetni boshqarish, mol mulkni saqlash va kelgusidagi moliyaviy xarajatlarni taqsimotini oldindan belgilab olish.
- Gender tengligi: Oilada xotin qizlarning huquqlarini himoya qilish va mulkiy tenglikni taminlashga hizmat qiladi.
Nikoh shartnomasi quyidagi qoidalar belgilanishi mumkin: O`zaro moddiy ta`minot berish, oila xarajatlarini ko`tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha o`z huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab olish, er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar.
Nikoh shartnomasida nazarda tutigan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyon shart- sharoitlarning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog`liq qilib qo`yilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi quyidagi qoidani nazarda tuta olmaydi: er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o`z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojat qilish huquqlarini cheklovchi qoidalar, er-xotin o`rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo`lgan huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi qoidalar, mehnatga layoqatsiz ta`minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalar. Er va xotindan birini o`ta noqulay holatga solib qo`yuvchi yoxud oila tog`risidagi qonun hujjatlarining normalariga zid keluvchi boshqa shartlar.
Nikoh shartnomasini o`zgartish va bekor qilish: Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo`l qo`yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan fuqarolik ishlari bo`yicha sudning hal qiluv qarori bilan o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilish ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi
1-toifali inspektori N.X.Xamidxo`jayeva