Янгиликлар
24
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimi takomillashtiriladi
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimi takomillashtiriladi
Mamlakatimizda xotin-qizlar hamda bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ushbu sohadagi profilaktika choralarini kuchaytirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2026-yilda “Аyollar va bolalar huquqlarining himoy asini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik holatlarining oldini olish boʼyicha qoʼshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʼgʼrisida”gi PF-33-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan boshlab himoya orderi berilgan jabrlanuvchi xotin-qizlarning aloqa vositalariga ularning roziligi bilan maxsus “my.ihma.uz” mobil ilovasi o‘rnatiladi. Ushbu ilova orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuz berganda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga zudlikbilan “SOS” chaqiruv yuborish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar manzil-koloniyalarga o‘tkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritiladi.
Bundan tashqari, mazkur turdagi jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan talablar kuchaytirilib, ular psixologik tuzatish dasturlaridan o‘tmasdan turib, saqlash sharoitlarini yengillashtirish amaliyotiga chekqo‘yiladi.
2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan tergov qilinishi va sudda ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar jamiyatda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlanuvchilarni himoya qilish hamda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
To‘rtko‘ltumani Adliya bo‘limi,
bosh maslahatchisi
I.Qurbanbayev