Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

To`lanmasdan qolgan ustama haqlari to`lab berildi


To`lanmasdan qolgan ustama haqlari to`lab berildi

    Beruniy tuman adliya bo`limiga fuqaro Yuldasheva Shaira Bazarbayevna murojaat qilib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo`limiga qarashli 50-umumiy o`rta ta’lim maktabida ingliz tili fani o`qituvchisi bo`lib ishlab kelayotganligi, 2024-yil may oyidan 2025-yil 7-iyulga qadar sertifikati uchun ustama haqlari to`lab berilmaganligini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam so`ragan.
Murojaatni o`rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro Sh.Yuldasheva 08.07.2023-yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Chet tilini bilish darajasi to`g`risida”gi sertifikatini (B2 daraja), 24.05.2024-yilda Teaching English to Speakers of Other Languages (TESOL) sertifikatini olgan, shuningdek, 2024-yil may oyidan 2024-yil noyabr oyiga qadar (noyabr oyi ham) oylik ish haqiga sertifikat uchun qo`shimcha ustama haqlari to`lanib kelingan, keyinchalik 2024-yil dekabr oyidan ustama haqi to`lash to`xtatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qaroriga ilova bilan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan bo`lib, mazkur ro`yxatning 3-bobida Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar Ro‘yxati tasdiqlangan hamda ro`yxatning izoh qismida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda to‘lanadi, deb belgilangan.
Biroq, murojaatni o`rganish jarayonida fuqaro Sh.Yuldashevaning Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 darajasiga tenglashtirilgan Chet tilini bilish darajasi to`g`risidagi (B2 daraja) va Teaching English to Speakers of Other Languages (TESOL) sertifikatlari mavjud ekanligiga hamda ularning amal qilish muddatlari tugamagan bo`lishiga qaramasdan 2024-yil dekabr va 2025-yil yanvar-iyun oylari, shuningdek iyul oyining 7-sanasiga qadar ustama haqlari to`lab berilmagan.
Tuman adliya bo`limi tomonidan fuqaro Sh.Yuldasheva manfaatida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limiga taqdimnoma kiritilishi natijasida xodimga jami 18 033 649 so`m miqdoridagi ustama haqlari to`lab berildi.

Beruniy tumani adliya bo`limi
bosh maslahatchisi, 2-darajali yurist
Ismailov Shaxzod Kanjaboy o`g`li