Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Muborak Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi


“Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–106-son, 17.03.2026 y.) qabul qilindi (https://t.me/shmirziyoyev/32328).
Qarorga ko‘ra, mamlakatimizda 2026-yil 20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Ramazon hayiti hududlarda xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga hamda Navro‘z umumxalq bayramiga uyg‘un holda ko‘tarinki ruxda nishonlanadi.
Bayram kunlarida aholi o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy hamda xayriya tadbirlari tashkil etiladi.
Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.


Nukus shahar adliya bo’limi
YXKM bosh yuriskonsulti                                                 A.Seytnazarov