Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Nikoh va oila – jamiyatning mustahkam poydevori


Nikoh – bu erkak va ayol o`zaro roziligi asosida tuziladigan, davlat tomonidan ro`yhatga olinadigan va huquqiy kuchga ega bo`lgan oilaviy munosabatdir. Nikoh oila barpo etishning asosi bo`lib, er-xotinning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Oila esa jamiyatning eng muhim bo`g`ini hisoblanadi.
Nikoh faqat davlat ro`yhatidan o`tkazilgandan keyin qonuniy hisoblanadi. Diniy marosimlar asosida o`tkazilgan nikoh huquqiy kuchga ega emas.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDY organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o`tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.  Uzrli sabablar (homiladorlik, bola tug`ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar) bo`lganda FHDY organi bir oy o`tgunga qadar yoki ariza berilgan kuni nikoh tuzishga ruhsat berishi mumkin.
Hozirgi kunda fuqarolarni qonuniy nikohdan o`tkazish uchun qator qulayliklar joriy qilinmoqda. Xususan, doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidan qat`iy nazar istalgan joydagi FHDY bo`limidan nikohni qayd qildirish, nikoh arizasini onlayn tarzda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali yuborish, nikohni rasmiylashtirishda FHDY organlariga nikohlanuvchi shaxslarning salomatligi to`g`risida tibbiy ma`lumotnomani online taqdim qilish kabi qulayliklar yaratildi. Bularning hammasi fuqarolarni ortiqcha ovvoragarchiliklardan xalos qiladi. Vaqtini va naqdini tejaydi. Davlat idoralaridan roziligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, nikoh – bu mustahkam oilaning asosiy tayanchi. Mustahkam oila esa jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir.


Ellikqal`a tumani adliya bo'limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori                    N.Xolimbetova