Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Ko’chmas mulkda yashash joyi bo’yicha ro’yxatdan o’tgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotni tahrirlash tartibi belgilandi


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvar kungi
38-sonli qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli ko’chmas mulkda yashash joyi bo’yicha ro’yxatdan o’tgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotni tahrirlash bo’yicha davlat xizmatini ko’rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko’ra, davlat xizmati quyidagilar bo’yicha ko’rsatiladi:
- fuqaroning yashash joyi manzili to’g’risidagi noto’g’ri ma’lumotni tahrirlash bo’yicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varag’i berish;
- mulkdorning ko’chmas mulkida yashash joyi bo’yicha ro’yxatdan o’tgan shaxs (shaxslar) to’g’risidagi noto’g’ri ma’lumotni tahrirlash bo’yicha murojaati asosida tizimda manzil bo’yicha ro’yxatdan o’tganlar haqida tahrirlangan ma’lumotnoma berish.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy bo’linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Ariza beruvchi so’rovnoma berish uchun vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro’yxatdan o’tadi. Vakolatli organga kelib tushgan so’rovnoma 3 ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi.
Vakolatli organ tomonidan so’rovnomada ko’rsatilgan ma’lumotlarni o’rganish natijalariga ko’ra, tahrirlangan ma’lumot tizim orqali QR-kod qo’ygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning o’zida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasissi                                  O.Erimbetov