Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov — bu korrupsiyadir


2025- yil 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmon qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali ta’minlash uchun qabul qilinishi lozim bo‘lgan zaruriy  normativ hujjatlar ro‘yxati va amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, ma’sul idoralar oldiga korrupsiyon jinoyatlarga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida yigirmadan ortiq turli  normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, birinchilardan bo‘lib “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini qisqa muddatda ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, Farmonda davlat fuqarolik xizmatida ishga qabul qilish jarayonlari ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, kadrlarni korrupsiyaga moyillik darajasini o‘rganish bo‘yicha alohida farmon loyihasini tayyorlashning belgilanishi endilikda davlat fuqarolik xizmatida faqatgina halol va pok vijdonli davlat xizmatchisigina mehnat qila olishining isbotidir.
Mazkur Farmonning ikkinchi ilovasi bilan tasdiqlangan Amaliy chora-tadbirlar dasturida ma’sullar oldiga joriy yil davomida sohalar kesimida korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash, qurilish, soliq va boshqa bir qator iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda korrupsiyaviy omillarning oldini olish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish hamda tegishli takliflarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga, tuman va mahallalardagi maishiy va tizimli korrupsiyaga chek qo‘yish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson ishtiroki bilan bog‘liq korrupsiyaviy omillarni, shu jumladan, qog‘ozbozlikni kamaytirish va ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish lozimligi belgilandi.
Umuman olganda, ushbu Farmon umumdavlat miqyosida korrupsiyadan holi muhit va farovon jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Undan ko‘zlangan ustuvor maqsad va vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida birinchi navbatda har birimizning faol fuqarolik pozitsiyasida turib jamiyatdagi korrupsiyaning har qanday shakli qarshi kurashishimiz bog‘liq bo‘lib, barcha birgalikda o‘zini o‘rab turgan muhitnini korrupsiyadan holi maskanga aylanishida o‘z hissasini qo‘shishi lozimdir.

Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi                                               O.Reyimbayev