Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Soraw beriń juwap beremiz


Savol: Qaysi toifadagi fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat boji,  yig’imlar yoki boshqa to’lovlarda imtiyozlar mavjud?

Javob: O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 24.07.2021 yildagi PF-6269-sonli Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-noyabrdan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

Beruniy tuman adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi direktori                       S.Xaytboev