Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ro‘yxatda turganligi haqida ma’lumotnoma olish tartibi haqida bilasizmi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 612-son qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Ushbu reglamentning 28-ilovasiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi belgilangan.
Mazkur ma’lumotnoma fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga texnika vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlash maqsadida beriladi. Bunday ma’lumotnoma, odatda, texnikani sotish yoki boshqa shaxsga o‘tkazishda, bank va lizing tashkilotlariga taqdim etishda, shuningdek turli huquqiy munosabatlarda texnikaning ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlash uchun talab qilinishi mumkin.
Ushbu davlat xizmati ariza beruvchilarga Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.
Ma’lumotnomani shakllantirish bo‘yicha vakolatli organ — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hisoblanadi. Mazkur organ o‘z axborot bazalari orqali texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi ma’lumotlarni tekshirib, ma’lumotnomani rasmiylashtiradi.
Mazkur davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi va ariza beruvchidan davlat boji yoki boshqa to‘lov undirilmaydi.
Bu tartib fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini shaffof va tezkor ko‘rsatish hamda ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Beruniy tumani adliya bo'limi
DXM bo'lim boshlig`i                                        A.Allanazarov