Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya ko‘magi bilan fuqaroning 4 oydan beri hal etilmay kelgan murojaati ijobiy hal qilindi


Adliya ko‘magi bilan fuqaroning 4 oydan beri hal etilmay kelgan murojaati ijobiy hal qilindi

Qo‘ng‘irot tumani “Miynetabad” OFYda yashovchi fuqaro O.Jumatovning adliya bo‘limiga  o‘z nomidagi yer maydonini rasmiylashtirishda tuman hokimining 1992-yil 10-dekabr kungi №47/5-sonli qarorida familiyasi xato yozilganligini va  4 oydan beri notarius tomonidan rasmiylashtirishda muammo bo‘lib kelayotganligi va ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.  
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman adliya boʻlim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi O‘RQ-457-son Qonunining 56-moddasiga asosan tuman hokimligiga hokimning 1992-yil 10-dekabrdagi 47/5-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritishga taqdimnoma kiritildi.
Natijada tuman hokimining qaroriga o‘zgartirish kiritilib, fuqaroning 4 oydan beri hal etilmay kelgan murojaati adliya ko‘magi bilan ijobiy hal etildi.

Marat Smetullayev
Qo‘ng‘irot tumani
adliya bo'limi boshlig‘i