Янгиликлар
12
Xususiy psixologlar faoliyatini tartibga solishda muhim qadam
Xususiy psixologlar faoliyatini tartibga solishda muhim qadam
Mamlakatimizda xususiy tartibda faoliyat yurituvchi psixologlarga malaka sertifikati berish tartibining tasdiqlanishi sohada muhim yangilik bo‘ldi. Ushbu qaror psixologik xizmatlar sifatini oshirish va aholining ruhiy salomatligini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
Bugungi kunda psixologik yordamga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Turli hayotiy muammolar, stress va ijtimoiy bosim sharoitida malakali mutaxassis ko‘magiga talab kuchaymoqda. Shu sababli psixologlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida baholash dolzarb masalaga aylandi.
Yangi tartibga ko‘ra, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi psixologlar belgilangan talablar asosida malaka sertifikatini olishi lozim. Bu jarayonda ularning oliy ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi va amaliy tajribasi inobatga olinadi. Sertifikat mutaxassisning professional darajasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat hisoblanadi.
Mazkur tizim xizmatlar sifatini oshirish, sohada shaffoflikni ta’minlash va aholining ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu yangilik psixolog kasbining nufuzini oshirib, jamiyatda sifatli va mas’uliyatli xizmat ko‘rsatish muhitini yaratadi.
Malaka sertifikati olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig'im undiriladi.
Malaka sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.
Amudaryo tumani adliya bo’limi
DXM bosh mutaxassisi
N.Madiyorova