Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xorijga chiqish biometrik pasporti pochta orqali yuborilishi mumkin


Xorijga chiqish biometrik pasporti pochta orqali yuborilishi mumkin

Prezidentning tomonidan imzolangan 2024-yil 4-noyabr kungi PQ–380-sonli Qarorga muvofiq, agar xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish haqida so‘rov mavjud bo‘lsa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi hujjatni pochta xizmati xodimiga topshiradi.
Pochta xizmati xodimi xorijga chiqish pasportini Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida 1 ish kunida, qolgan hududlarda esa 2 ish kunida so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga yetkazadi. Agar fuqaro belgilangan manzilda bo‘lmasa, hujjat 10 kun mobaynida tegishli pochta bo‘limida saqlanadi. Ushbu muddat ichida hujjat olib ketilmasa, u ma’lumotlarni yig‘ish punktiga qaytariladi. Pochta xizmati uchun to‘lov fuqaro tomonidan amalga oshiriladi.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
DXM direktori Said Sultanov