Янгиликлар
11
Ayollar va xotin qizlar, bolalar himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 3-mart kuni “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy choralar toʻgʻrisida” gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonning asosiy maqsadlari:
- nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olishga erishish, ota-onalarning oʻz voyaga yetmagan farzandlari uchun masʼuliyatini yanada oshirish;
- moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor boʻlgan yoshlar oʻrtasida nikoh tuzishni ragʻbatlantirish;
- ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularning sonini keskin qisqartirish, shuningdek, bunday holatga uchragan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish;
- oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvchilarni “maishiy zoʻravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurslarida bepul oʻqitish bilan qamrab olish darajasini 2026-yilda 50 foizga, 2027-yilda 60 foizga va 2030-yilda 100 foizga yetkazish hamda ushbu kurslar sifati va taʼsirchanligini tubdan oshirish etib belgilangan.
2026-yil 1-apreldan boshlab himoya orderi berilgan jabrlanuvchi xotin-qizlarning aloqa vositalariga (telefon, planshet va boshqa qurilmalar) Ijtimoiy himoya milliy agentligining tazyiq va zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi (“SOS” chaqiruv) “my.ihma.uz” mobil ilovasi ularning roziligi bilan oʻrnatiladi.
2026-yil 1-noyabrdan boshlab Jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegish), 119 (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish), 121 (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 128 (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), 1281 (oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish), 129 (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oshirish belgilangan.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan shahvoniy shilqimlik boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish hujjatlarini qilmishda jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokuror tomonidan qaror qabul qilinganidan soʻng sudga yuborishi belgilangan.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i O.Babanov