Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

OneID – “Raqamli hukumat” tizimi


OneID – “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash uchun yagona axborot tizimi boʻlib, u davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining axborot tizimlariga turli davlat, taʼlim, bank, tijorat va boshqa xizmatlarni elektron interaktiv rejimda olish uchun oddiy va xavfsiz kirish imkonini beruvchi tizim shaklidir.
Yagona identifikatsiya tizimi (YAIT) OneID davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga barcha foydalanuvchilar uchun qulay foydalanish uchun mo‘ljallangan.
OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanuvchilarni aniqlash imkonini beradi.
Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini Yagona identifikatsiya tizimi (YAIT) OneID-da, jumladan login, parol, to‘liq ism, JSHSHIR va hokazolarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.
Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneID-da o‘z shaxsiy kabinetidan foydalanuvchi nomi va parolni kiritishi kerak.
Shundan so‘ng, tizim kiritilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.
OneID shuningdek, veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Buning uchun so‘rov parametrlarida qulay autentifikatsiya turini ko‘rsatishingiz kerak.
OneID-da  unutilgan login va parolni qayta tiklash uchun saytning dastlabki sahifasida joylashgan “Login yoki parolingizni unutdingizmi?” havolasi orqali tegishli ma’lumotlarni to‘ldirgan holda login va parolni qayta tiklash mumkin.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat xizmatlari ko‘rsatilish ustidan nazorat qilish sho‘basi
yetakchi maslahatchisi                                                                                              J.Ismoilov