Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Prezident murojaatnomasi — davlat xizmatlarini rivojlantirish uchun mustahkam dastur


Prezidentning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida davlat boshqaruvi va xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan yangilash, aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish va xizmatlardan foydalanishda tenglikni ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosi natijasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda vaqt va mablag‘ni tejash imkoniyatlari kengaydi. Fuqarolarning murojaatlari qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilib, natijalar shaffof tarzda taqdim etilmoqda. Bu esa jamiyatda davlat idoralariga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.
Ayniqsa, tadbirkorlik sohasida davlat xizmatlarini soddalashtirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlashga erishilmoqda. Prezident Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, har bir tashabbuskor fuqaro davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Davlat xizmatlari markazlari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun Prezident Murojaatnomasi — faqat siyosiy hujjat emas, balki kundalik faoliyatda yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Har bir murojaatga xolis yondashish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — asosiy vazifamizdir.
Xulosa qilib aytganda, Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirib, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarning izchil davom etishini ta’minlamoqda.


Beruniy tumani adliya bo'limi
DXM katta mutaxassisi                                     Sh.Tureyev