Янгиликлар
10
Davlat xizmatlari — inson qadrini ulugʻlash sari muhim qadam
Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning markazida inson, uning huquq va manfaatlari turishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yana bir bor alohida ta’kidlandi. Davlat idoralari faoliyati xalqqa xizmat qilishga yo‘naltirilishi, fuqarolar uchun qulay, shaffof va adolatli tizim yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Murojaatnomada davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada hududlarda Davlat xizmatlari markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun fuqarolar ko‘plab xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida olish imkoniyatiga ega. Tug‘ilganlikni qayd etish, nikoh va ajrim masalalari, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijtimoiy xizmatlar, yer va mulk bilan bog‘liq jarayonlar ancha soddalashtirildi. Eng muhimi, xizmat ko‘rsatishda inson omili, odob-axloq va qonuniylik birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda.
Prezident Murojaatnomasida “davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil har bir davlat xizmatchisi uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlat xizmatlari markazi xodimlari ham ushbu vazifalardan kelib chiqib, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashib kelmoqda.
Aytish joizki, bugun davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, jamiyatda ochiqlik va adolat tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
Beruniy tumani adliya bo'limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi B.To'htabayev