Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

«Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyilidan xabardormisiz?


«Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyilidan xabardormisiz?

Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko‘rsatiladi. Bu haqida “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-noyabrdagi farmoni bilan Biznesni kompleks tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy etildi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibi joriy etildi:
elektron raqamli imzo kalitini berish;
bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini olish (soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda guvohnoma beriladigan soliq to‘lovchilarga);
onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.
«Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili doirasida:
tadbirkorlik subyekti har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lov amalga oshiriladi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat berildi;
tadbirkorlik subyektlarining birlamchi ma’lumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, firma nomi, manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va h.k.) o‘zgarganda ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan bepul kiritiladi. Bunda:
yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotlar — Ichki ishlar vazirligining «ID-karta» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan;
boshqa ma’lumotlar — Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan o‘rnatilgan tartibda real vaqt rejimida «Litsenziya» axborot tizimiga taqdim etiladi.

Ellikqal’a tumani Adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i A.J.Jabbarov