Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish haqida


Sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 612-son qaroriga asos Yuridik va jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Soʻrovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSH SHIR maʼlumotlari);
maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus);
yashash manzili;
sodir boʻlgan yongʻin obyekt haqidagi maʼlumotlar (manzil va tegishliligi);
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.
Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
toʻliq nomi;
elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
STIRi;
sodir boʻlgan yongʻin obyekt haqidagi maʼlumotlar (manzil va tegishliligi).
Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan boʻlsa).
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatini koʻrsatish muddati 1 ish kuni.

Xoʻjayli tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi
yetakchi mutaxassisi A.Shlimbetov