Янгиликлар
05
“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy qilinadi
“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 noyabr kungi PF-214-son farmoniga asos Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish bo’yicha 2026-yil 1-martdan boshlab litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllanilganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi, dastlabki baholash doirasida talabgor litsenziya yoki ruxsatnoma olish uchun xarid qilishi rejalashtirgan bino-inshootlar, moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, yollash koʻzda tutilgan xodimlar toʻgʻrisidagi hamda boshqa maʼlumotlar litsenziya va ruxsat berish talab hamda shartlariga muvofiqligi oʻrganiladi va tegishli xulosa beriladi, dastlabki baholash xizmati 20 kundan oshmagan muddatda koʻrsatiladi va tegishli litsenziya yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni berishda arizani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlanadigan yigʻimdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi.
Jamalatdin Sabirov
Xó‘jayli tumani adliya bo‘limi DXM direktori