Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

2026-yilda bola puli kimlarga va qanday beriladi?


2026-yilda bola puli kimlarga va qanday beriladi?

2026-yilda O‘zbekistonda bola puli (bolalar nafaqasi) asosan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" orqali kam ta’minlangan, har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromadi belgilangan mezonlardan past bo‘lgan oilalarga 18 yoshgacha (18 yoshga to‘lgan oy yakunigacha) to‘lanadi. 2026-yildan nafaqalar inflyasiya darajasida muntazam oshirib borilishi rejalashtirilgan.
«Ijtimoiy himoya yagona reestri» — kam ta'minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar (bolalar nafaqasi, moddiy yordam) tayinlash va bepul/imtiyozli xizmatlar ko'rsatishni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.01.2026 yildagi 35-son qaroriga muvofiq
Reestrga kiritilgan kam ta'minlangan oilalarga taqdim etiladigan asosiy imtiyozlar:
Kam ta’minlangan oilalar: "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori tekshirilib, muhtojligi aniqlangan oilalarga.
Farmonga ko‘ra,  bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning quyidagi tartibi joriy etildi:
•     “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalarga ijtimoiy xizmat va yordamlar, shu jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ular mazkur toifada bo‘lgan davrida oila a’zolarining bandlik holatidan qat’i nazar va qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda ko‘rsatib boriladi.
•     Bunda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati oila Ijtimoiy reestrga kiritilgandan 12 oydan so‘ng qayta baholanadi, bundan oilaning holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlari orqali o‘rganilishi mustasno;
•     “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarga:
•     bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam ular tayinlangan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash sharti bilan tayinlanadi;
•     mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligi ta’minlanganda bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam qo‘shimcha murojaat talab qilmagan holda uzluksiz to‘lab boriladi;
•    oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash sharti bajarilmaganda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash to‘xtatiladi.
•    Bunda oila bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun qayta murojaat qilganda “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgani uchun oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini istisno etuvchi qoida 6 oy davomida qo‘llanmaydi;
•    “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga:
•    bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oilalar mazkur toifaga kiritilgan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida to‘lanadi;
•    oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lganda, ularga to‘lanadigan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning miqdori ushbu nafaqa yoki moddiy yordamning 75 foizini tashkil etadi;
•    oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lganda esa tegishli nafaqa yoki moddiy yordamning 50 foizini tashkil etadi.
18 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa: Bola parvarishlash nafaqasi va kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordam GenderMadad.uz.

•    Yosh cheklovi: Bola 18 yoshga to‘lgunga qadar 12 oy muddatga tayinlanadi.
•    Ariza berish: My.gov.uz orqali ariza beriladi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi
tomonidan ko‘rib chiqiladi.


Markaz boshlig‘i
Shavkat Vaisniyazov