Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi tashkil etiladi


“Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida muhim qadam boʻlgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatni uzoq muddatli va barqaror rivojlantirishga qaratilgan dasturdir. Ushbu strategiya Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va ekologiya yo‘nalishlarida aniq maqsadlar belgilangan.
Strategiya ijrosi aniq “yo‘l xaritalari” asosida amalga oshiriladi. Har bir vazirlik va idoraga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning bajarilishi muntazam monitoring qilinadi. Har yili Davlat dasturi qabul qilinib, unda ustuvor loyihalar va moliyalashtirish manbalari belgilanadi.
Shuningdek, hududlar kesimida alohida rivojlanish rejalarini ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Strategiya ijrosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosiy o‘rin tutadi.
Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.
Raqamli platformada “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilishi holati quyidagi toifalarga ajratiladi:
“yashil” – belgilangan samaradorlik koʻrsatkichiga oʻz vaqtida va toʻliq erishilgan;
“sariq” – belgilangan samaradorlik koʻrsatkichiga erishishda kechikishlar mavjud, biroq ularni bartaraf etish imkoni bor;
“qizil” – samaradorlik koʻrsatkichiga erishishda jiddiy kechikishlar mavjud yoki ularga umuman erishilmagan.
Bunda:
“yashil” toifaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlariga masʼul idoralar ragʻbatlantiriladi;
“sariq” toifaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishishda mavjud kechikishlar sabablari tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli idoraga zarur choralarni koʼrish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi;
“qizil” toifaga kiritilgan samaradorlik koʻrsatkichlariga masʼul idoralar faoliyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tanqidiy koʼrib chiqiladi.
Xulosa qilib aytganda, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan kompleks va tizimli rivojlanish dasturidir

Amudaryo tumani adliya boʻlimi
YXKM bosh yuriskonsulti                                                  A.Tojiboyev