Янгиликлар
25
Adliya ko‘magi bilan "Teaching knowledge test (TKT) " xalqaro sertifikatıni olish uchun to‘langan imtihon xarajatlari qoplab berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqaro G.Kilishbaevaning "Teaching knowledge test (TKT)" xalqaro sertifikatini olish uchun topshirgan imtihon xarajatlari qoplab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5117-son Qarorining 5-bandiga asosan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida C1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlarning malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari esa oliy ta’lim muassasalarining, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari - kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisoblanadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro G.Kilishbaevaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagoglarning mahorat markaziga xat chiqarilib, yuqorida atab o‘tilgan qarorga asosan "Teaching knowledge test (TKT)" xalqaro sertifikatini olish uchun topshirgan 2 mln 700 ming so‘m miqdoridagi imtihon xarajatlari to‘lab berilishi ta’minlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Inson huquqlarini himoya qilish sho’basi bosh maslahatchisi D.Qayipbergenov